Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 3-son (2026) · 258–271-betlar
GLITSIRRETIN KISLOTA/ΒETTA-SIKLODEKSTRIN INKLYUZIV KOMPLEKS SINTEZI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI TAVSIFLASH
Mohinur, Shomurodova, Shavkat, Hakimov, Zufar, Boboyev, Avez, Sharipov
DOI: 10.5281/zenodo.19349652 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Glitsirretin kislota biologik faol triterpenoid birikma bo‘lib, uning suvda yomon eruvchanligi amaliy qo‘llanilishini cheklovchi asosiy omillardan biridir. Mazkur tadqiqotda glitsirretin kislota va β-siklodekstrin asosida inklyuziv kompleks sintez qilindi. Kompleks 1:1 molyar nisbatda eritma usulida, vakuum filtrlash va liofilizatsiya yordamida ajratib olindi. Olingan mahsulot oq rangli kukun ko‘rinishida bo‘lib, chiqish unumi 88,02% ni tashkil etdi. Kompleks hosil bo‘lishi IQ-spektroskopiya, kukunli rentgen difraktometrik va termogravimetrik tahlil usullari yordamida mexanik aralashma bilan qiyosiy solishtirib o‘rganildi. Tadqiqotlar funksional guruhlar tebranishlari, kristall tuzilish va termik xossalardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib, glitsirretin kislota molekulalarining β-siklodekstrin bo‘shlig‘iga inklyuziyalanishi natijasida supramolekulyar birikma hosil bo‘lganini tasdiqladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.