Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 145–147-betlar

SUN’IY INTELLEKTDA OPTIMAL QIDIRUV ALGORITMLARI

Abdukadirov, Baxtiyor, Ismoilova, Mehrinoz

DOI: 10.5281/zenodo.20198411 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI) tizimlarida ma’lumotlarni qayta ishlash va murakkab masalalarni yechishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan optimal qidiruv algoritmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqola doirasida qidiruv algoritmlarining “ko‘r-ko‘rona” (uninformed) va “evristik” (informed) turlari qiyosiy tahlil qilinadi. Xususan, A* algoritmi va uning optimallik shartlari, shuningdek, hisoblash jarayonida vaqt va xotira resurslarini tejash masalalari atroflicha yoritib beriladi. Maqolaning maqsadi – muayyan amaliy masalalarni yechishda eng maqbul qidiruv strategiyasini tanlash mezonlarini belgilash hamda ushbu algoritmlarning hisoblash samaradorligini baholashdan iborat. Maqolada keltirilgan xulosalar robototexnika, navigatsiya tizimlari va avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish jarayonlarida qidiruv samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Sun’iy intellekt, optimal qidiruv, evristik algoritmlar, A* algoritmi, algoritmik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.