Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 21–22-betlar
MAISHIY OQOVA SUVLARNI TOZALIK DARAJASINI OSHIRISH UCHUN MINERAL ADSORBENTLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI TADQIQ QILISH
Nosirova, Farangis
DOI: 10.5281/zenodo.20226085 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu tezisda maishiy oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirishda tabiiy mineral adsorbentlardan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida adsorbsiya usulining nazariy asoslari, xususan, uning mexanizmi, kinetikasi va izotermalari tahlil qilindi. Adsorbent sifatida bentonit va zeolit tanlanib, ularning fizik-kimyoviy xossalari hamda sorbsion sig‘imi baholandi. Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan tajribalar asosida pH muhiti, kontakt vaqti, adsorbent miqdori kabi omillarning tozalash samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar mineral adsorbentlar oqova suv tarkibidagi organik moddalar, ammoniy ionlari va og‘ir metallarning miqdorini sezilarli darajada kamaytirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ushbu usulning ekologik xavfsiz, iqtisodiy samarali va amaliy jihatdan istiqbolli ekanligini tasdiqlaydi.
maishiy oqova suvlar, adsorbsiya, mineral adsorbentlar, zeolit, bentonit, tozalash samaradorligi, og‘ir metallar, ammoniy ionlari, BPK, suvni tozalash texnologiyasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.