Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 3-son (2026) · 287–291-betlar

O'SMIR QIZLARDA UYQU VA STRESSING HAYZ SIKLIGA TA'SIRI

N.M., Umarova, M.A., G'afforova

DOI: 10.5281/zenodo.19436108 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘smirlik davri organizmda gormonal, psixoemotsional va reproduktiv tizimlarning shakllanishi bilan xarakterlanadigan muhim fiziologik bosqich hisoblanadi. So‘nggi yillarda o‘smir qizlar orasida uyqu yetishmovchiligi, kech uxlash, smartfon va ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalanish, shuningdek, o‘qish jarayoni bilan bog‘liq psixoemotsional stress holatlari keng tarqalmoqda. Uyqu rejimining buzilishi va surunkali stress gipotalamo-gipofizar-tuxumdon o‘qi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, gormonal disbalansni yuzaga keltiradi. Natijada hayz siklining kechikishi, noturg‘unligi, dismenoreya yoki amenoreya kabi holatlar rivojlanishi mumkin. Ushbu maqolada o‘smir qizlarda uyqu va stress omillarining hayz sikliga ta’siri, ularning patofiziologik mexanizmlari hamda profilaktika masalalari tahlil qilinadi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.