Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 43–44-betlar
AYOLLARNING PARLAMENTDAGI SIYOSIY ISHTIROKI DINAMIKASI: GLOBAL INDEKSLAR VA INSTITUTSIONAL OMILLAR TAHLILI (2019-2025)
Kokanova, Nursuliu
DOI: 10.5281/zenodo.20050197 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda 2019-2025 yillar davomida ayollarning parlamentd’agi siyosiy ishtiroki dinamikasi tahlil qilinadi. Tadqiqot asosida 2019-yilda joriy etilgan 30 foizlik kvota va 2024-yilda 40 foizgacha oshirilgan kvotaning ta’siri o‘rganilgan. Jahon iqtisodiy forumining 2025-yilgi Global gender tafovut hisoboti ma’lumotlariga tayanib, O‘zbekistonning 0,678 ball bilan 146 davlat orasida 110-o‘rinni egallaganligi ko‘rsatilgan. Maqolada parlamentdagi ayollar ulushi 38 foizga yetgan bo‘lsa-da, vazirlar mahkamasida bu ko‘rsatkich atigi 5,7 foizni tashkil etayotgani asosiy muammo sifatida qayd etilgan. Xulosa qilib aytganda, kvotalar mexanizmi ayollar ishtirokini oshirgan, ammo ijro hokimiyatidagi past vakillik va global indekslardagi o‘rinning pasayishi muammoligicha qolmoqda.
gender tenglik, siyosiy ishtirok, parlament, kvotalar, global gender indeksi, O‘zbekiston, siyosiy institutlar, ayollar vakilligi, ijro hokimiyati, Jahon iqtisodiy forumi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.