Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 61–67-betlar
ONLINE SAVDO MAYDONLARIDA TOVARLAR SAVDOSINI OSHIRISHDA MARKETINGDAN FOYDALANISH
Alimxodjayeva, Nargiza, Nietullaeva, Tumaris
DOI: 10.5281/zenodo.20053319 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy online savdo maydonlarida (marketplace) tovarlar savdosini oshirishda marketing vositalaridan foydalanish masalasini o'rganadi. Global raqamli savdo hajmining yildan-yilga kengayib borishi sharoitida onlayn platformalarda marketing strategiyalarini to'g'ri tanlash va samarali qo'llash korxonalar raqobatbardoshligining asosiy omillaridan biriga aylanib bormoqda. Maqolada SEO optimizatsiyasi, tavsiyaviy algoritmlar, dinamik narxlash, influencer marketing va mijoz sharhlariga asoslangan ijtimoiy isbotlash (social proof) kabi marketing vositalarining konversiyaga ta'siri tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili va qiyosiy tadqiqot metodlari asosida aniqlangan natijalar shuni ko'rsatadiki, integrallashgan marketing yondashuvi savdo ko'rsatkichlarini 25–45 foizga oshirish imkonini beradi. Maqola yakunida online savdo maydonlarida ishlayotgan tadbirkorlar uchun amaliy tavsiyalar bayon etilgan.
online savdo maydoni, marketplace marketing, SEO optimizatsiyasi, raqamli marketing, konversiya darajasi, tavsiyaviy algoritmlar, influencer marketing, dinamik narxlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.