Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 3-son (2026) · 277–281-betlar
BOLALARDA UCHRAYDIGAN RAXIT KASALLIGINING ZAMONAVIY KLINIK KECHISHI
Durdana, Ibraimova
DOI: 10.5281/zenodo.19396068 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan raxit kasalligining zamonaviy klinik kechishi, etiologiyasi, patogenezi hamda diagnostika va profilaktika masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Avvalo, raxit kasalligining rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar, jumladan D vitamini yetishmovchiligi, noto‘g‘ri ovqatlanish, quyosh nuri taqchilligi hamda metabolik jarayonlarning buzilishi o‘rganiladi. Shuningdek, kasallikning klinik bosqichlari, diagnostika usullari va davolash tamoyillari zamonaviy pediatriya nuqtai nazaridan yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raxit kasalligini erta aniqlash hamda profilaktik choralarni o‘z vaqtida amalga oshirish bolalar salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.