Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 136–138-betlar

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA DIGITAL MANAGEMENT TIZIMINI JORIY ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Soatova, Zarnigor

DOI: 10.5281/zenodo.20314577 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida digital management tizimini joriy etishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Raqamli boshqaruvning ta’lim sifati, pedagogik jarayon monitoringi, elektron hujjat aylanishi, rahbar va pedagog xodimlarning raqamli kompetentligini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqotda digital management tizimi faqat texnik vositalar majmui emas, balki maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil etish va takomillashtirishga xizmat qiluvchi pedagogik-boshqaruv mexanizmi sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, raqamli boshqaruvni samarali joriy etish uchun zarur tashkiliy, metodik, axborot-kommunikativ va pedagogik shartlar aniqlanadi.

maktabgacha ta’lim, digital management, raqamli boshqaruv, pedagogik shart-sharoit, raqamli kompetentlik, monitoring, boshqaruv samaradorligi, elektron hujjat aylanishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.