Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 3-son (2026) · 292–305-betlar

BALOGʻAT YOSHIDA BOʻLGAN QIZLARDAGI GIPERANDROGENIYА SINDROMI

F.S., Aripova

DOI: 10.5281/zenodo.19436166 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Pubertal giperandrogeniya sindromini oʻrganish ushbu holatning patogenezi haqidagi tushunchamizni sezilarli darajada kengaytirishi va davolash natijalarini yaxshilashi mumkin. Koʻtarilgan androgen darajasining turli komponentlari va belgilari vaqt oʻtishi bilan va kasallikning rivojlanishi bilan paydo boʻlishi mumkin. Giperandrogeniyaning klinik belgilari boʻlgan barcha oʻsmirlar endokrinolog va ginekolog tomonidan diqqat bilan kuzatilishi kerak. Reproduktiv yoshdagi bemorlarda ushbu patologiyaning multifaktorial tabiati balogʻat yoshidagi qizlarda kasallikning patogenezini oʻrganish zarurligini taqozo etadi, chunki bu oxir- oqibat ayolning salomatligi, hayot sifati va psixo-emotsional holatiga ta’sir qiladi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.