Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 4–9-betlar
OLTIN TARKIBLI TEXNOGEN CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Kamolov, Ulugʻbek
DOI: 10.5281/zenodo.20092504 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda oltin tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari, ularning iqtisodiy va ekologik ahamiyati hamda ikkilamchi xomashyo sifatida samarali foydalanish istiqbollari tahlil qilinadi. Dunyo miqyosida rudalarning kambag‘allashuvi va ishlab chiqarish chiqindilarining ortib borishi sharoitida texnogen chiqindilarni qayta ishlash muhim strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Tadqiqot davomida gravitatsion boyitish, flotatsiya, gidrometallurgik va bio-gidrometallurgik usullar samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, oltin ajratib olish jarayonida sianlash, sorbsiya va elektroximik texnologiyalarning amaliy natijalari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, texnogen chiqindilar tarkibidagi qimmatbaho metallardan foydalanish ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, ekologik xavfni pasaytirish va mineral resurslardan kompleks foydalanish imkonini beradi.
Texnogen chiqindilar, oltin, gidrometallurgiya, sianlash, flotatsiya, bio-gidrometallurgiya, qimmatbaho metallar, ikkilamchi xomashyo, chiqindilarni qayta ishlash, ekologik xavfsizlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.