Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 37–46-betlar
RAQAMLI PEDAGOGIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA KATEGORIYALARI
Muxtorova, Muborak
DOI: 10.70413/si-v04-i36-p1-008 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqola raqamli pedagogika sohasidagi nazariy tushunchalar va ularning o'zaro bog'liqligini tahliliy yondashuv asosida o'rganadi. Zamonaviy ta'lim tizimida raqamlashtirish jarayonlari jadal rivojlanib bormoqda va bu o'z navbatida pedagogik faoliyatning mazmunini, shakllari va usullarini tubdan o'zgartirmoqda. Maqolaning maqsadi raqamli pedagogikaning asosiy kategoriyalarini — kompetensiya, platforma, kontent, baholash va o'zaro aloqa tizimlarini — ilmiy jihatdan tahlil qilish va tizimlashtirishdan iborat. Nazariy va tahliliy yondashuvlar qo'llab, xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlarida tasvirlangan turli konsepsiyalar solishtirildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, raqamli pedagogika an'anaviy pedagogik tushunchalarni boyitib, ularga texnologik o'lchov qo'shadi. Maqolada raqamli pedagogikaning konseptual modeli taklif etilgan, pedagogik kategoriyalarning o'zaro bog'liqligi aniqlangan va ta'lim samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ilmiy ish o'qituvchilar, ta'lim boshqaruvchilari va pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi mutaxassislarga qaratilgan.
raqamli pedagogika, e-learning, LMS, raqamli kompetensiya, ta'lim transformatsiyasi, pedagogik texnologiya, onlayn ta'lim, blended learning
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.