Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 78–81-betlar

SUN‘IY INTELLEKT YORDAMIDA BIZNES JARAYONLARINI MONITORING QILISH VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Sadikova, G.Sh., Abdimuminov, H.B.

DOI: 10.5281/zenodo.20120235 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy iqtisodiyot va biznes jarayonlaridagi o‘rni, ularning rivojlanish tendensiyalari hamda amaliy qo‘llanish yo‘nalishlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosida biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, resurslardan samarali foydalanish, boshqaruv qarorlarini optimallashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish texnologiyalarining xizmat ko‘rsatish, marketing va menejment sohalaridagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada sun’iy intellektni joriy etish bilan bog‘liq muammolar, xususan, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik shaffoflik va etik masalalar ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektni iqtisodiyotga integratsiya qilish innovatsion rivojlanishni ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, biznes jarayonlari, avtomatlashtirish, mashinaviy o‘rganish, chuqur o‘rganish, raqobatbardoshlik, innovatsiya, raqamli transformatsiya, marketing texnologiyalari, boshqaruv samaradorligi, ma’lumotlar xavfsizligi, algoritmik shaffoflik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.