Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 88–90-betlar

ARAB TILIDA SIFAT DARAJALARI VA ULARNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Ravshanova, Ominabonu, Rahmatova, Gavhar

DOI: 10.70413/si-v04-i36-p1-019 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Arab tilida sifat darajalari va ularning grammatik xususiyatlari kompleks va tizimli yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida sifat kategoriyasining nazariy asoslari, uning morfologik va sintaktik xususiyatlari hamda semantik imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, sifatlarning oddiy darajasi, qiyosiy darajasi (ism at-tafdil) va orttirma darajalari alohida-alohida ko‘rib chiqilib, ularning yasalish modellari, qo‘llanish qoidalari va funksional vazifalari ilmiy manbalar asosida izohlanadi. Maqolada sifatlarning ot bilan moslashuv xususiyatlari — jins, son va aniqlik kategoriyalari bo‘yicha uyg‘unlashuvi batafsil tushuntiriladi. Shuningdek, qiyosiy va orttirma darajalarning gap tarkibida qo‘llanishi, ularning sintaktik funksiyalari hamda “min” yuklamasi orqali qiyoslash mexanizmi misollar asosida yoritiladi. Bundan tashqari, maqolada arab tilida barcha sifatlardan ham af‘al vaznidagi qiyosiy shakl hosil bo‘lavermasligi, bunday hollarda analitik usullarning qo‘llanishi, ya’ni “akthar”, “ashadd” kabi yordamchi birliklar orqali daraja ifodalanishi ham ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Istisno holatlar va ularning qo‘llanish doirasi alohida e’tibor bilan tahlil qilinadi.

arab tili, sifat, sifat darajalari, ism at-tafdil, qiyosiy daraja, orttirma daraja, morfologiya, sintaksis, grammatik moslashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.