Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 107–112-betlar

O‘ZBEKISTONDA KASABA UYUSHMALARINING VUJUDGA KELISHI VA TASHKILIY ASOSLARINING SHAKLLANISHI

Djalilov, Zoir

DOI: 10.5281/zenodo.20133037 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekistonda kasaba uyushmalarining vujudga kelishi va tashkiliy asoslarining shakllanishi tarixiy jarayon sifatida tahlil qilinadi. Turkiston o‘lkasida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, temir yo‘l va aloqa tizimining rivojlanishi, yollanma mehnatga asoslangan ishchi-xizmatchilar qatlamining shakllanishi kasaba uyushmalari paydo bo‘lishining muhim omillari sifatida yoritiladi. Shuningdek, 1905–1907-yillardagi inqilobiy voqealar ta’sirida dastlabki kasaba uyushmalarining tashkil topishi, 1917-yildan keyingi qayta tiklanish jarayoni hamda 1925-yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari respublika tizimining shakllanishi ko‘rib chiqiladi. Maqolada dastlabki kasaba uyushmalari faoliyati mehnatkashlarning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini jamoaviy himoya qilish ehtiyoji bilan bog‘liq holda baholanadi.

kasaba uyushmalari, Turkiston, mehnatkashlar, temir yo‘lchilar, pochta-telegraf xodimlari, yollanma mehnat, 1905-yil inqilobi, Ta’sis syezdi, Uzsovprof.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.