Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 154–159-betlar
XORAZMDA HUKMRONLIK QILGAN AFRIG‘IYLAR SULOLASI
Usarov, Umidjon, Safaraliyev, Abbosxon
DOI: 10.5281/zenodo.20135492 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Afrig‘iylar sulolasi Xorazm tarixida antik davr merosi bilan ilk o‘rta asrlar davlatchiligi o‘rtasidagi uzviylikni ifodalagan muhim siyosiy sulolalardan biri hisoblanadi. Maqolada sulolaning kelib chiqishi, Vazamaridlar nomi bilan bog‘liq ilmiy qarashlar, Xorazmda mahalliy davlatchilik an’analarining davom etishi, arablar istilosi davridagi siyosiy vaziyat, Chag‘on va Xurzod o‘rtasidagi ichki kurash, Kat va Gurganj markazlari o‘rtasidagi tarixiy jarayonlar hamda Afrig‘iylar hukmronligining 995-yilda yakunlanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, yozma manbalar, arxeologik, numizmatik va epigrafik materiallarning Afrig‘iylar tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ochib beriladi.
Xorazm, Afrig‘iylar, Vazamaridlar, Xorazmshoh, Kat, Gurganj, Chag‘on, Xurzod, Qutayba ibn Muslim, arablar istilosi, numizmatika, davlatchilik
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.