Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 87–91-betlar

MENING SOHAMDAGI IZ QOLDIRGAN ALLOMA

Zokirova, Lola, Norboyeva, Dilnura, Musurmonova, Marjona

DOI: 10.5281/zenodo.19978790 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqot ishi Sharq uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri, Ikkinchi muallim nomi bilan jahonga mashhur bo'lgan Abu Nasr Farobiyning filologik merosi hamda xorijiy tillarni o'rganish metodologiyasiga qo'shgan hissasini tahlil qilishga bag'ishlanadi. Annotatsiyada Farobiyning nafaqat falsafa va musiqa, balki tilshunoslikning nazariy asoslari, so'z turkumlari hamda nutq madaniyati borasidagi qarashlari atroflicha yoritilgan. Allomaning So'zlar va harflar kitobi hamda Mantiqqa kirish kabi asarlari misolida til va tafakkurning uzviy bog'liqligi, tillarning strukturaviy tuzilishi va qiyosiy tilshunoslikning ilk elementlari tahlil etiladi.

Ikkinchi muallim, filologiya, lingvistika, poetika, ritorika, xorijiy tillar metodikasi, qiyosiy tilshunoslik, mantiq va til, so'zlar va harflar kitobi, madaniyatlararo muloqot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.