Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 155–157-betlar

BOLANING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY MUHIT TA’SIRI

Yusupova, Shaxzoda, Sanginova, Gulnoza

DOI: 10.5281/zenodo.20157262 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs sifatida shakllanishida ijtimoiy muhitning o‘rni va ijtimoiylashuv jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ijtimoiylashuv – insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayon ekanligi, ayniqsa, bolalik davrida ijtimoiy-axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirish nihoyatda jadallik bilan kechishi ilmiy asoslab berilgan. Maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi asosiy muhitlar — oila, maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktab va mahalla tizimining o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari, jumladan, “Ilk qadam” davlat dasturi va bolalarning ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid davlat talablarining ijrosi masalalariga e’tibor qaratilgan.

Ijtimoiylashuv, ijtimoiy muhit, maktabgacha yoshdagi bola, ijtimoiy kompetensiya, oilaviy tarbiya, axloqiy qadriyatlar,

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.