Наука и инновации 4-jild vation-son (2026)

TILNING JAMIYATDAGI O'RNI

Axmadjonov, Nurbek, Duysenova, Karakat, Pirmatova, Muxlisaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20175090 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Til jamiyatning eng muhim va ajralmas unsurlaridan biri bo‘lib, u insonlar o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlaydi, madaniy merosni saqlash va uni avloddan-avlodga yetkazishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi hamda ijtimoiy identifikatsiyani shakllantirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Til orqali insonlar o‘z fikr-mulohazalari, his-tuyg‘ulari va tajribalarini ifodalaydi, shu bilan birga jamiyat ichida o‘zaro tushunish va hamkorlikni rivojlantiradi. Mazkur maqolada tilning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati keng qamrovda o‘rganilib, uning kommunikativ, kognitiv, madaniy va ijtimoiy funksiyalari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Ferdinand de Saussure va Noam Chomsky kabi mashhur tilshunoslarning nazariy qarashlari hamda zamonaviy sotsiolingvistika yondashuvlari asos qilib olindi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.