Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 96–102-betlar

BO‘LAJAK MUHANDISLARNING LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA METODOLOGIK ASOSLARI

Abduraxmanov, Ravshan

DOI: 10.5281/zenodo.20178955 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini shakllantirishning pedagogik va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Muhandislik ta’limining zamonaviy bosqichida mutaxassisdan nafaqat tayyor texnik yechimlarni bajarish, balki murakkab ishlab chiqarish, transport, energetika, raqamli texnologiyalar va barqaror rivojlanish sharoitida mustaqil loyiha yaratish, texnik muammoni tizimli tahlil qilish, innovatsion yechim ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslash kompetensiyalari talab etilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, loyihalash kompetentligini shakllantirish muhandislik ta’limining markaziy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqolada loyihalash kompetentligining mazmuni, uning tarkibiy komponentlari, pedagogik shart-sharoitlari, metodologik yondashuvlari hamda ta’lim jarayonida rivojlantirish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy, tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, integrativ, muammoli va loyiha asosida o‘qitish yondashuvlari bo‘lajak muhandislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning asosiy metodologik omillari sifatida talqin etiladi.

bo‘lajak muhandis, loyihalash kompetentligi, muhandislik ta’limi, kompetensiyaviy yondashuv, metodologik asos, loyiha asosida o‘qitish, kasbiy tayyorgarlik, texnik tafakkur.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.