Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 78–83-betlar

TURLI XIL MADANIYATLARDA TILDAGI TIPOLOGIK O‘XSHASHLIKLAR

Uktamova, Umida

DOI: 10.5281/zenodo.20265205 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ilmiy tezisda turli xalqlar va madaniyatlarga mansub tillar o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklar lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Til tipologiyasi tillarning genetik qarindoshligidan qat’i nazar, ularning grammatik, fonetik, morfologik va sintaktik jihatdan umumiy belgilarini aniqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida agglutinativ, flektiv, analitik va polisintetik tillarning struktur xususiyatlari hamda turli madaniyatlarda shakllangan kommunikativ modellar o‘rganildi. Shuningdek, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri, universaliyalar hamda lingvistik tipologiyaning zamonaviy tadqiqotlardagi o‘rni haqida ilmiy xulosalar berildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, madaniy tafovutlarga qaramay, inson tafakkurining umumiy qonuniyatlari tillarda tipologik o‘xshashliklarni yuzaga keltiradi.

Til tipologiyasi, lingvistik universaliya, madaniyatlararo kommunikatsiya, agglutinativ tillar, flektiv tillar, sintaktik struktura, morfologik tizim, fonetik o‘xshashlik, til va madaniyat, struktur lingvistika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.