Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 142–144-betlar

ROLLI O‘YINLAR ORQALI BOLALARNI KASBLAR BILAN TANISHTIRISH

Nosirova, Fotimaxon

DOI: 10.5281/zenodo.20320856 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rolli o‘yinlar orqali bolalarni turli kasblar bilan tanishtirishning pedagogik ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida, uning nutqiy rivojlanishi, ijtimoiy faolligi, mustaqil fikrlashi hamda kelajak kasbiga bo‘lgan dastlabki qiziqishining paydo bo‘lishida rolli o‘yinlarning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, “shifokor”, “o‘qituvchi”, “quruvchi”, “oshpaz”, “uchuvchi”, “dehqon”, “sotuvchi” kabi kasblarni sahnalashtirish orqali bolalar jamiyatdagi mehnat taqsimoti, kasblarning vazifasi va inson hayotidagi ahamiyatini amaliy ravishda anglab boradilar. Tadqiqot davomida rolli o‘yinlarning psixologik-pedagogik asoslari, ularning bolalarda nutq, tafakkur va ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishdagi ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida kasbga yo‘naltirishning dastlabki bosqichi sifatida rolli o‘yinlardan foydalanish metodikasi ko‘rsatib beriladi. Xulosa sifatida rolli o‘yinlar bolalarni kasblar bilan tanishtirishning samarali, qiziqarli va tarbiyaviy jihatdan boy usuli ekanligi ilmiy asoslanadi.

rolli o‘yinkasbmaktabgacha ta’limbolalar tarbiyasikasbga yo‘naltirishpedagogik yondashuvnutq rivojiijtimoiy faolliko‘yin texnologiyasitarbiyaviy metod.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.