Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 145–147-betlar

INGLIZ VA O’ZBЕK TILSHUNОSLIGIDA NОFAОL LЕKSIK QATLAMNING NAZARIY TADQIQI

Abdrimov, Sohibjon

DOI: 10.5281/zenodo.20342032 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tilshunosligida nofaol leksik qatlamning nazariy hamda lingvistik asoslari qiyosiy-tipologik nuqtai nazardan tadqiq etiladi. Tadqiqot jarayonida arxaizm, istorizm, dialektizm va neologizmlarning semantik-strukturaviy xususiyatlari, ularning til tizimidagi funksional vazifalari hamda kommunikativ-pragmatik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, nofaol leksik birliklarning badiiy adabiyot, tarixiy manbalar va ommaviy kommunikatsiya vositalaridagi qo‘llanish holatlari ilmiy misollar asosida yoritiladi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi nofaol leksikaning umumiy va differensial jihatlari aniqlanib, ularning milliy-madaniy xotira, tarixiy tafakkur hamda til taraqqiyotini aks ettirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari nofaol leksik qatlam tilning evolyutsion rivojlanishini belgilovchi muhim lingvistik hodisalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.

nofaol leksikaarxaizmistorizmdialektizmneologizmleksik qatlamsemantik tahlilqiyosiy tilshunosliklingvokulturologiyatil taraqqiyoti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.