Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 165–167-betlar

SURXONDARYO HUDUDI YHM KO‘RSATKICHLARINING STATISTIK O‘RGANILISHI

Raimqulov, Sherali, Axmedova, Gulsevara, Farmonova, Sevinch, Mamarazoqova, Beg’am

DOI: 10.5281/zenodo.20353080 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Yalpi Hududiy Mahsulot (YHM) hudud iqtisodiy faoliyatini ifodalovchi eng asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, ma’lum bir hududda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi umumiy qiymatini aks ettiradi. Surxondaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining janubiy-sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, uning iqtisodiyoti ko‘proq qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar sohasiga tayangan holda rivojlanmoqda. Ayniqsa, paxtachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik hamda oziq-ovqat sanoati hudud iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Mazkur tadqiqotda 2023–2025 yillar davomida YHMning o‘zgarish tendensiyalari, tarmoq tarkibi va iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar statistik jihatdan tahlil qilinadi.

iqtisodiysishhajmiyalpistatistikiqtisodiysishhajmiyalpistatistik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.