Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 168–172-betlar

SANOAT KORXONALARIDA INVESTITSIYA FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEXANIZMLARI

Raimqulov, Sherali, Raimjonova, Rayxona, Ochilova, Mushtariy, Allamurodova, Tumaris

DOI: 10.5281/zenodo.20353082 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholash mexanizmlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Unda investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, sanoat korxonalari faoliyatidagi ahamiyati hamda investitsiya samaradorligini aniqlash usullari tahlil qilingan. Xususan, sof joriy qiymat (NPV), ichki rentabellik normasi (IRR), investitsiyaning qoplanish muddati (PP) va foydalilik indeksi (PI) kabi ko‘rsatkichlarning mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, investitsiya samaradorligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, moliyaviy va texnologik omillar ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada sanoat korxonalariga investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy yo‘nalishlari, investitsion risklarni kamaytirish mexanizmlari hamda O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida sanoat korxonalarida investitsiya faoliyatini samarali tashkil etish iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni oshirishning muhim omili ekanligi asoslab berilgan.

Investitsiyasanoat korxonasiinvestitsiya samaradorligiiqtisodiy samaradorliksof joriy qiymatichki rentabellik normasiinvestitsion loyihaqoplanish muddatifoydalilik indeksiinvestitsion risk

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.