Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 182–184-betlar
SON HAMDA GEOMETRIK SHAKL TUSHUNCHALARINING PAYDO BO‘LISH VA RIVOJLANISH JARAYONI
Toshpulatov, Bobur, Tursunova, Hilola, Suyunov, Begzod, Shamshiddinov, Shohjahon
DOI: 10.5281/zenodo.20353094 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda matematikaning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblangan son hamda geometrik shakl tushunchalarining paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ushbu tushunchalarning ibtidoiy jamiyatdagi kundalik ehtiyojlar asosida shakllanishi, qadimgi Sharq va Yunon matematik tafakkurida abstrakt mazmun kasb etishi hamda keyingi davrlarda nazariy fan darajasiga ko‘tarilishi tahlil etilgan. Son tushunchasining sanash va miqdorni ifodalash ehtiyojidan kelib chiqqani, figura tushunchasining esa makon va shakllarni anglash bilan bog‘liq holda rivojlangani asoslab berilgan. Shuningdek, son va geometrik shakl tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi hamda algebra va geometriya uyg‘unlashuvidagi ahamiyati yoritilgan. Ushbu maqola matematika tarixi, matematik tafakkur va matematika o‘qitish metodikasini o‘rganishda muhim ilmiy-amaliy аҳамиятга эга.
son kategoriyasigeometrik shaklmatematika tarixiabstrakt tafakkurgeometriyaalgebramatematik tafakkurkoordinatalaranalitik geometriyanazariy matematika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.