Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 38–41-betlar
BOLALARDA O‘ZARO DO‘STLIK MUNOSABATLARINI SHAKLLANTIRISH, MUSTAHKAMLASH VA QAROR TOPTIRISH
Akmalova, Kumushxon
DOI: 10.5281/zenodo.20378952 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda bolalarda o‘zaro do‘stlik munosabatlarini shakllantirish, mustahkamlash va qaror toptirishning psixologik-pedagogik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda bolalar jamoasida sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish, kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish hamda emotsional-intellektual rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, bolalarda do‘stlik, hamkorlik, o‘zaro hurmat, empatiya va ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda harakatli o‘yinlar, rolli faoliyatlar, guruhli mashg‘ulotlar va interaktiv pedagogik metodlarning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘yin va hamkorlik asosida tashkil etilgan pedagogik faoliyat bolalarning kommunikativ faolligi, jamoada ishlash qobiliyati hamda ijobiy emotsional munosabatlarini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan. Tezisda bolalarda do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishning psixologik mexanizmlari, pedagogik shart-sharoitlari va amaliy tavsiyalari ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tashkilotlari, boshlang‘ich ta’lim tizimi hamda pedagoglar faoliyatida samarali foydalanish uchun tavsiya etiladi.
do‘stlik munosabatlariijtimoiy moslashuvkommunikativ kompetensiyapedagogik yondashuvpsixologik rivojlanishemotsional intellekthamkorlikjamoaviy faoliyatinteraktiv metodlarrolli o‘yinlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.