Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 4-son (2026) · 68–72-betlar

RETINAL VENA OKKLYUZIYASI DAVOSIDA KORTIKOSTEROIDLARNING ROLI

Nilufar, Tojimirzayeva, Yulduz, Nishanova

DOI: 10.5281/zenodo.19758418 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Retinal vena okklyuziyasi — bu retina venalarining qisman yoki to‘liq to‘silib qolishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo‘lib, to‘satdan va og‘riqsiz ko‘rishning pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. U zararlangan tomirga qarab markaziy va tarmoqli turlarga bo‘linadi. Kasallik ko‘pincha qon tomir kasalliklari yoki qon ivish tizimidagi buzilishlar fonida rivojlanadi. Dastlabki belgilariga ko‘rishning xiralashishi, metamorfopsiya va skotomalar kiradi, odatda bir ko‘z zararlanadi. Ko‘z tubini tekshirganda qon quyilishlar va makula shishi aniqlanadi. Uzoq davom etgan holatlarda ko‘rish qaytmas darajada yomonlashishi, ko‘rish maydoni torayishi va neovaskulyarizatsiya rivojlanishi mumkin. Kasallik asosan 50 yoshdan oshganlarda uchraydi va gipertoniya, qandli diabet, ateroskleroz hamda glaukoma bilan chambarchas bog‘liq. Kasallikning dunyo bo‘yicha tarqalishi taxminan 0,52% ni tashkil etadi, Osiyoda esa bu ko‘rsatkich 0,9–2,1% atrofida

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.