Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 90–94-betlar

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA STEAM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Ahmadaliyeva, Barchinoy

DOI: 10.5281/zenodo.20393897 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlarimizning intellektual salohiyatini oshirish va ularni kelajakka tayyorlash uchun mutlaqo yangicha yondashuvlar zarur bo‘lmoqda. Men o‘z tadqiqotimda bugungi kunda dunyoda ommalashib borayotgan STEAM texnologiyasini guruh amaliyotiga qanday joriy etish mumkinligini o‘rganishni maqsad qildim. Ushbu texnologiya fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani o‘zaro birlashtirgan holda bolalarga bilimlarni yaxlit loyihalar shaklida taqdim etadi. Men bog‘chada amaliyot o‘tash davomida kichik va katta guruhdagi bolalarning bilish faolligini, qiziquvchanligini hamda ijodiy fikrlashini aynan mana shu usullar yordamida kuzatdim. Olib borgan tajribalarim shuni ko‘rsatdiki, oddiy LEGO konstruktorlari yordamida bino qurish, quvnoq laboratoriya sharoitida suv va qum bilan tajribalar o‘tkazish bolalarning mantiqiy fikrlashini juda tez rivojlantirar ekan. Mening ushbu ishimda keltirilgan qiziqarli o‘yin faoliyatlari va loyihalar yosh tarbiyachilar hamda men kabi amaliyotchi talabalar uchun kundalik ishlarda yaxshigina metodik yordamchi bo‘la oladi. Xulosa o‘rnida aytishim mumkinki, STEAM bolaga darslarni yodlatish emas, balki amaliy o‘yinlar orqali atrof-muhitni o‘zi kashf qilishiga imkon beradigan eng qiziqarli va samarali yangilikdir.

Maktabgacha ta’limmening tadqiqotimSTEAM texnologiyasiyangicha yondashuvloyiha metoditanqidiy fikrlashkonstruktorlarbolalar laboratoriyasiintegratsiyalashgan o‘yinlarmantiqiy tafakkur

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.