Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 95–98-betlar
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTIDA MOSLASHISH DAVRIDA BOLALARNI QO‘LLAB QUVVATLASH
Ahmadaliyeva, Barchinoy
DOI: 10.5281/zenodo.20393906 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotiga ilk bor qadam qo‘ygan kichik yoshdagi bolalarning yangi ijtimoiy muhitga ko‘nikishi, ya’ni moslashish jarayoni eng qiziqarli va shu bilan birga murakkab mavzulardan biri hisoblanadi. Men talaba sifatida bog‘chalarda amaliyot o‘tash jarayonida shunga guvoh bo‘ldimki, bola oila bag‘ridan ajralib, notanish kattalar va tengdoshlar guruhiga qo‘shilayotganda juda kuchli ruhiy siqilish va hayajonni boshdan kechiradi. Ko‘pincha bu davrda bolajonlarimizda tinmay yig‘lash, ovqat yemay qo‘yish, uyquning buzilishi va atrofdagilardan o‘zini olib qo‘ochish kabi holatlar ko‘p kuzatiladi. Aynan mana shu sababli, men o‘z tadqiqotimda yangi kelgan bolalarning emotsional xavotirligini kamaytirish hamda ularni bog‘cha sharoitiga stressiz, oson jalb qilish yo‘llarini amaliy jihatdan o‘rganishga harakat qildim.
Maktabgacha ta’limhozirgi kundamoslashish davri (adaptatsiya)bolani qo‘llab-quvvatlashtarbiyachi va bolaota-onalar bilan hamkorliko‘yin terapiyasiindividual yondashuvstressni kamaytirishemotsional holat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.