Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 80–84-betlar
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR BO‘YICHA KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Ziyayev, Sherali
DOI: 10.5281/zenodo.20427728 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, sun’iy intellekt, multimedia vositalari, elektron ta’lim platformalari, masofaviy o‘qitish tizimlari va raqamli pedagogik resurslarning keng qo‘llanilishi zamonaviy ta’limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Shu bois bo‘lajak pedagoglarni zamonaviy texnologiyalar asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularda innovatsion fikrlash, raqamli savodxonlik hamda texnologik kompetentlikni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb pedagogik muammolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi davr ta’lim tizimi o‘qituvchidan nafaqat o‘z fanini mukammal bilishni, balki zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishni ham talab etadi. Chunki raqamli texnologiyalar o‘quv jarayonining sifatini oshirish, o‘quv materiallarini vizuallashtirish, ta’limning interaktivligini ta’minlash, talabalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda individual yondashuvni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu jihatdan qaraganda, bo‘lajak pedagoglarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish ta’lim tizimining strategik vazifalaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasida ham ta’lim tizimini raqamlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish, elektron ta’lim resurslarini yaratish va masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda qabul qilinayotgan davlat dasturlari, ta’limni modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlar hamda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bo‘lajak mutaxassislarning texnologik kompetentligini rivojlantirishni taqozo etadi. Bu esa pedagogika oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.
zamonaviy texnologiyalarimasofaviy ta’limta’limni axborotlashtirishta’lim salohiyatiinfokommunikatsiya.zamonaviy texnologiyalarimasofaviy ta’limta’limni axborotlashtirishta’lim salohiyatiinfokommunikatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.