Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 113–116-betlar

QADIMGI TURKIY YOZMA YODGORLIKLARDA SONLAR VA MUCHAL TIZIMINING IFODALANISHI

Turdaliyeva, Shodiya

DOI: 10.5281/zenodo.20438641 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda son kategoriyasi va muchal tizimining ifodalanish xususiyatlari lingvistik va madaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Orxon-Yenisey bitiklari va boshqa qadimgi turkiy manbalar asosida sonlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning grammatik shakllanishi va funksional qo‘llanilishi o‘rganiladi. Shuningdek, muchal tizimining kelib chiqishi, uning vaqtni hisoblashdagi roli va qadimgi turkiy tafakkur bilan bog‘liqligi yoritiladi. Maqolada sonlarning nafaqat miqdor ifodalovchi birlik sifatida, balki ramziy va semantik yuklamaga ega til vositasi sifatidagi ahamiyati ham ko‘rsatib beriladi. Muchal tizimi esa turkiy xalqlarning siklik vaqt tasavvuri va kosmologik qarashlari bilan uzviy bog‘liq hodisa sifatida talqin etiladi.

qadimgi turkiy tilson kategoriyasimuchal tizimiOrxon-Yenisey bitiklarileksik-semantik xususiyatlargrammatik shakllanishvaqt tushunchasisikliklikturkiy tafakkurlingvokulturologiya

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.