Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 13–17-betlar

INSON – TEXNIK TIZIM – ISHLAB CHIQARISH MUHITI TIZIMIDA INSON OMILINI HISOBGA OLGAN HOLDA MEHNAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Abdullayeva, Jasmina, N., Qobulova

DOI: 10.5281/zenodo.20454610 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada «Inson – texnik tizim – ishlab chiqarish muhiti» (ITM) tizimida inson omilini hisobga olgan holda mehnat xavfsizligini oshirishning ilmiy-amaliy yo'llari tadqiq etilgan. Zamonaviy sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning asosiy qismi inson omili bilan bog'liqligi – ya'ni operatorlar tomonidan yo'l qo'yiladigan xatolar, charchoq, stressli holatlar va ergonomik nomuvofiqliklar natijasida sodir bo'lishi – tahlil qilingan. Maqolada mehnat xavfsizligini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuv taklif etilgan: ergonomik muhitni optimallashtirish, psixofiziologik monitoring tizimini joriy etish, xodimlarni kognitiv yuklamani boshqarish bo'yicha o'qitish va raqamli texnologiyalar (sun'iy intellekt, IoT sensorlar, ko'rinishli analitika) yordamida real vaqt rejimida xavflarni aniqlash usullari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, inson omilini markazga qo'ygan integrlashgan xavfsizlik tizimi baxtsiz hodisalar sonini 35–50% gacha kamaytirish imkoniyatini beradi[1]. Olingan natijalar ishlab chiqarish korxonalari, mehnat xavfsizligi mutaxassislari va sanoat psixologlari uchun amaliy ahamiyatga ega.

inson omilimehnat xavfsizligiergonomikaishlab chiqarish muhititexnik tizimpsixofiziologik monitoringkognitiv yuklanmabaxtsiz hodisalarxavfsizlikni boshqarishraqamli texnologiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.