Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 147–149-betlar
XITOY TILIDA “好 (hǎo)” NATIJA BUYUYSINING QOLLANISH XUSUSIYATLARI
Sobirova, Malika, Z.Z., Artikova
DOI: 10.5281/zenodo.20489432 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqola xitoy tilshunosligida keng qo‘llaniladigan natija buyuysidan biri — “好 (hǎo)”ning lingvistik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada “好” ning fe’llar bilan birikib, harakatning muvaffaqiyatli, to‘liq va qoniqarli yakunlanganligini ifodalashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, uning boshqa natija buyuysi bilan semantik va grammatik farqlari hamda kundalik nutqdagi qo‘llanish darajasi ko‘rib chiqiladi. Xitoy tilida natija to‘liqlovchilarining faol ishlatilishi tilning o‘ziga xos grammatik tizimini aks ettiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda xitoy tilini o‘rganishda ayniqsa “好” kabi birliklarning to‘g‘ri qo‘llanishi nutqning aniqligi va tabiiyligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu tadqiqot natijalari xitoy tilidagi natija kategoriyasini chuqurroq anglash va amaliy nutqda to‘g‘ri qo‘llash imkonini beradi.
natija buyuysi结果补语好 (hǎo)xitoy tiligrammatikafe’lsemantika.natija buyuysi结果补语好 (hǎo)
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.