Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 45–48-betlar
OʻZBEKISTONDA SAYLOV TIZIMI VA SAYLOV HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Asqarov, Axbor, Ergashova, Niginabonu
DOI: 10.5281/zenodo.20507531 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tezisda Oʻzbekistonda saylov tizimi va saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi shundaki, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barqarorligi, avvalo, fuqarolarning davlat hokimiyatini shakllantirishdagi real ishtiroki, saylash va saylanish huquqining kafolatlanganligi hamda saylov jarayonining qonuniy, oshkora va adolatli tashkil etilishiga bogʻliqdir. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXII bobi saylov tizimiga bagʻishlangan boʻlib, unda fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi, har bir saylovchining bir ovozga egaligi, ovoz berish erkinligi, saylovlarning umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilishi kabi asosiy prinsiplar mustahkamlangan.
saylov tizimisaylov huquqiKonstitutsiyaSaylov kodeksixalq suverenitetidemokratiyaMarkaziy saylov komissiyasiyashirin ovoz berishtenglik prinsipiaralash saylov tizimi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.