Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 79–81-betlar
5-(2-AMINOFENIL)-1,3,4-OKSADIAZOL-2-TIOLNING YANGI S-ALKIL HOSILALARI SINTEZI, TUZILISHI VA ANTIMIKROB FAOLLIGI
Jololiddinov, Fazliddin, Kamoldinov, Salohiddin
DOI: 10.5281/zenodo.20507576 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Global muammolardan biri bo‘lgan antibiotiklarga rezistentlikni yengish uchun yangi, samarali va lipofillik xossasi yuqori bo‘lgan geterotsiklik tizimlarni sintez qilish zamonaviy dorishunoslikning dolzarb vazifasidir. Tadqiqot asosiy maqsadi quydagicha 2-merkaptobenzimidazol asosi hamda turli alifatik va aromatik galogenidlar yordamida yangi S-alkil hosilalarini sintez qilish, ularning tuzilishini spektral usullarda tasdiqlash va antimikrob faollik qonuniyatlarini (SAR) o‘rganish. Tajriba qismini sintez DMF muhitida, K2CO3 ishtirokida 5 soat davomida qaynatish orqali olib borildi. Alkillovchi reagentlar sifatida metil iodid, etil bromid, propil bromid va benzil xlorid ishlatildi. Strukturaviy tahlil FT-IR va UB-Vis spektroskopiya usullarida bajarildi. Mikroblarga qarshi faollik S. aureus, E. coli va C. albicans shtammlariga nisbatan disk-diffuziya hamda mikrosuyultirish (MKB/MIC) usullarida baholandi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.