Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 4-son (2026) · 145–148-betlar

BURUN-TOMOQ ONKOLOGIYASIDA DAVOLASHNING YANGI USULLARI

Hamid, Matyusupov, Munojat, Ismoilova, Mehribon, Abdurahmonova

DOI: 10.5281/zenodo.19969074 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Burun va tomoq sohasidagi o‘smalarni davolashda zamonaviy innovatsion usullar, xususan immunoterapiya muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada immunoterapiyaning kompleks davolashdagi roli hamda yangi davolash protokollarining an’anaviy kimyoterapiya va radioterapiya usullariga nisbatan ustunliklari tahlil qilinadi. Nazofaringeal o‘smalar, ayniqsa nazofaringeal karsinoma ko‘pincha Epstein–Barr virusi bilan bog‘liq bo‘lib, immun tizim bilan chambarchas aloqador hisoblanadi. Shu sababli immunoterapiya ushbu kasallikni davolashda istiqbolli yo‘nalish sifatida keng qo‘llanilmoqda. Immunoterapiya organizmning o‘z immun tizimini o‘sma hujayralariga qarshi kurashishga faollashtiradi. PD-1/PD-L1 ingibitorlari T-limfotsitlarni faollashtirib, o‘sma hujayralarining parchalanishiga olib keladi. Kombinatsiyalangan davolashda umumiy yashash ko‘rsatkichining sezilarli yaxshilanishi kuzatilmoqda.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.