Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 191–194-betlar

POLIKISTOZ TUXUMDON SINDROMIDA BIOKIMYOVIY VA GORMONAL O‘ZGARISHLAR

Sobirjonova, Roziya, Ahmadjonov, Qudratillo

DOI: 10.5281/zenodo.20554659 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Polikistoz tuxumdon sindromi (PTS) reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalgan endokrin-metabolik kasalliklardan biri hisoblanadi. Ushbu sindrom tuxumdonlar faoliyatining buzilishi, giperandrogenemiya va ovulyatsiyaning yetishmovchiligi bilan tavsiflanadi. PTS rivojlanishida gormonal disbalans bilan bir qatorda uglevod va lipid almashinuvidagi o‘zgarishlar ham muhim o‘rin tutadi. Xususan, insulin rezistentligi, giperinsulinemiya va oksidlovchi stress kasallikning patogenezida asosiy omillar sifatida qaraladi. Mazkur maqolada polikistoz tuxumdon sindromining biokimyoviy va gormonal o‘zgarishlari, ularning reproduktiv salomatlikka ta’siri hamda zamonaviy diagnostika usullarining ahamiyati tahlil qilingan.

polikistoz tuxumdon sindromiinsulin rezistentligigiperinsulinemiyagiperandrogenemiyareproduktiv salomatlikgormonal disbalansovulyatsiyalipid almashinuvibiokimyoviy ko‘rsatkichlarendokrin buzilishlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.