Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 126–131-betlar

FARG‘ONA VILOYATIDA ATMOSFERA HAVOSI IFLOSLANISHINI DIFFERENSIAL TENGLAMALAR ASOSIDA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH VA DASTURIY TAHLIL QILISH

No‘monova, O‘g‘iloy, A.I.Ismoilov, A.I.Ismoilov

DOI: 10.5281/zenodo.20622446 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati hududlarida atmosfera havosi ifloslanishi darajasini dinamik baholash va prognoz qilishda differensial tenglamalar hamda kompyuterli modellashtirish usullarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos fizik-geografik joylashuvi, tog‘lar bilan o‘ralganligi va yirik sanoat korxonalari (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Quvasoy sement zavodi) hamda avtotransport oqimining ta’siri havoning ekologik holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqot davomida viloyatning asosiy sanoat va aholi punktlari (Farg‘ona-Marg‘ilon, Qo‘qon va Quvasoy zonalari) kamerali tizim (Compartmental Model) sifatida olinib, zararli zarrachalar va tarqalishining matematik modeli oddiy differensial tenglamalar sistemasi (System of ODEs) orqali shakllantirilgan. Modelda hududlarning ichki ifloslanish manbalari, havoning tabiiy tozalanish koeffitsiyentlari va shamol oqimi orqali viloyat ichidagi havo massalarining migratsiyasi hisobga olingan. Tuzilgan matematik model Python dasturlash tilining SciPy va NumPy kutubxonalari yordamida sonli usullarda yechilgan hamda Matplotlib orqali vizuallashtirilib, dasturiy tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari differensial tenglamalarga asoslangan kompyuterli modellashtirish hududiy ekologik monitoring tizimlarini avtomatlashtirishda va ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha strategik qarorlar qabul qilishda muhim dasturiy vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Atmosfera ifloslanishiFarg‘ona viloyatiDifferensial tenglamalarKompyuterli modellashtirishDasturiy tahlildinamikasiKamerali model (Compartment Model)PythonSciPyEkologik monitoring

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.