Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 43–45-betlar
ANGLIYANING 1870-1918 YILLARDA JAHON HAMJAMIYATIDAGI O‘RNI VA TASHQI SIYOSATI
Sheraliyeva, Xayriniso
DOI: 10.5281/zenodo.20657429 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Buyuk Britaniyaning 1870–1918 yillardagi jahon hamjamiyatidagi o‘rni va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Unda Britaniya imperiyasining iqtisodiy, siyosiy va harbiy qudrati, xalqaro munosabatlar tizimidagi yetakchi mavqei hamda jahon siyosatiga ko‘rsatgan ta’siri yoritilgan. Shuningdek, Qirollik dengiz flotining ahamiyati va “Two-Power Standard” tamoyilining Britaniya xavfsizligini ta’minlashdagi roli ochib berilgan. Maqolada Britaniyaning Hindiston, Afrika va Osiyodagi mustamlakachilik siyosati, mustamlakalarni boshqarish tizimi hamda iqtisodiy manfaatlari tahlil etilgan. Bundan tashqari, Germaniya bilan raqobatning kuchayishi, Antanta ittifoqining shakllanishi va Birinchi jahon urushi davrida Britaniyaning tutgan o‘rni ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida Buyuk Britaniyaning mazkur davrdagi tashqi siyosati va mustamlakachilik faoliyati uning jahon siyosatidagi yetakchi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilgani, shu bilan birga keyingi davrlarda imperiyaning zaiflashishiga olib kelgan omillarni ham yuzaga chiqargani asoslab berilgan.
Britaniya imperiyasiimperializmTwo-Power StandardHindistonAfrikaUsmonli imperiyaAntantaPanamaGonkongFors ko‘rfazi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.