Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 4–8-betlar

ZAMONAVIY TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Usmonova, Feruza, Isomiddinova, Ruxsora

DOI: 10.5281/zenodo.20678049 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarining tutgan o‘rni va o‘quvchilar hamda talabalarga ko‘rsatayotgan ta’siri keng qamrovli tarzda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida turli xil raqamli vositalardan – onlayn platformalar, interaktiv darsliklar, video materiallar va mobil ilovalardan – foydalanish ta’lim sifatiga qanday ta’sir qilishi tahlil qilingan. Kuzatuv, so‘rovnoma va taqqoslama tahlil usullari qo‘llanilgan bo‘lib, 50 nafar 1-kurs talabasi ishtirokida bir semestr davomida o‘tkazilgan. Eksperimental guruh talabalari zamonaviy raqamli vositalar bilan o‘qitilganda, nazorat guruhiga nisbatan test ballarida deyarli 2,7 baravar yuqori o‘sish qayd etildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish ta’lim samaradorligini 35-40% ga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, talabalar ixtisoslashgan ta’lim platformalaridan yetarlicha foydalanmasligiga e’tibor qaratilgan va bu borada konkret tavsiyalar berilgan. Maqola yosh olimlar, pedagog mutaxassislar va ta’lim sohasidagi siyosat ishlab chiquvchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.

axborot texnologiyalariraqamli ta’limelektron o‘qitishta’lim sifatiinteraktiv usullaronlayn platformalarpedagogik innovatsiya.axborot texnologiyalariraqamli ta’limelektron o‘qitish

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.