Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 57–59-betlar
SAMARQAND SHAHRIDA OQIZISH TARMOQLARINING EKSPLUATATSION HOLATI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Norqulov, Bahodir, G‘offorov, Bohodir
DOI: 10.5281/zenodo.20732922 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Samarqand shahri Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, tarixiy va zamonaviy infratuzilmalarning uyg‘unligini talab qiladi. Shaharning shaharsozlik rivojlanishi, aholi zichligi va sanoat korxonalarining faoliyati oqova suv tizimlariga katta yuk tushishini ta’minlaydi. Shu sababli shahar oqova suv tizimining ishonchliligi nafaqat sanitariya-gigiyena holati, balki ekologik barqarorlik va aholining sog‘lig‘i uchun muhim ahamiyatga ega.Bugungi kunda Samarqand shahrida 585 ming aholining 90% qismi kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lsa-da, tizim eskirgan, markazlashmagan va o‘z-o‘zini tozalash sharoitlari yetarli emas. Bu esa oqova suvlarning sifatsiz oqishi, daryo va yer osti suvlarining ifloslanishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, yomg‘ir suvlari tizimi markazlashmagan bo‘lib, drenaj muammolari ham mavjud. Ushbu maqolada shahar oqizish tarmoqlarining joriy holati, mavjud muammolar va ularni takomillashtirish strategiyalari tahlil qilinadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.