Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 102–107-betlar
“ALPOMISH” DOSTONINING ETNOLINGVISTIK VA LINGVOKOGNITIV XUSUSIYATLARI
Qozoqova, Nozima, Axmedova, Shaxzoda
DOI: 10.5281/zenodo.20741406 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Maqolada oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining durdonasi hisoblangan “Alpomish” dostonining etnolingvistik tabiatini ochib berishga harakat qilingan. Tadqiqotda doston tili shunchaki badiiy tasvirlar majmuasi emas, balki oʻzbek xalqining milliy-madaniy kodlari, urugʻ-aymoqchilik tizimi, moddiy va ma’naviy hayot tarzi muhrlangan olamning lisoniy manzarasi sifatida tahlil etiladi. Maqolada etnosning dunyoqarashini ifodalovchi “alp”, “yanga”, “chilton” kabi lingvokulturemalar hamda “farzand tilash”, “duo olish” kabi etnomadaniy ssenariylar etnolingvistik jixatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, doston matnidagi arxaik qatlamlar va oʻzbek etnosining lisoniy shaxsini shakllantirishdagi oʻrni ilmiy asoslab berilgan.
etnolingvistikaetnolingvistik jarayonlarolamning lisoniy manzarasietnonimlarlingvokulturaetnografmilliy-madaniy kodetnik stereotiplisoniy konservatsiya“Alpomish” dostoni.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.