Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 6-jild 5-son (2026) · 161–165-betlar

MAHALLIY BENTONITLARNI BOYITISH VA ISHQORIY MODIFIKATSIYA QILISHNING ULARNING SUSPENZIYALARINING KOLLOID-KIMYOVIY XUSUSIYATLARIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISH

Saburova, Rayxan

DOI: 10.5281/zenodo.20557303 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda natriy karbonat (Na2CO3) qoʻshilishi hamda undan keyingi bir vaqtda amalga oshirilgan qizdirish va aralashtirish jarayonlarining kalsiyli bentonit (Ca-bentonit) kolloid dispersiyalarining reologik xususiyatlariga taʼsiri oʻrganildi. Ca-bentonit dispersiyalari turli nisbatlarda (100 g bentonitga 2, 4, 12 g) Na2CO3 bilan qayta ishlandi va soʻngra turli vaqt davomida qizdirish va aralashtirish jarayoniga boʻysundirildi. Qayta ishlangan bentonit namunalarining shishishi va yopishqoqligi Na2CO3 miqdori ortishi bilan oshishi aniqlandi va Na2CO3 ning eng maqbul (optimal) miqdori Ca-bentonit tarkibiga nisbatan 4 g/100 g (4%) ekanligi maʼlum boʻldi

Ca-bentonit (kalsiyli bentonit), Natriy karbonat (Na2CO3), ishqoriy aktivatsiya (yoki ishqoriy modifikatsiya), reologik xossalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.