Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 69–70-betlar
SAMARQAND QOG‘OZI: TARIXI, TEXNOLOGIYASI VA JAHON SIVILIZATSIYASIDAGI O‘RNI
Toshpo‘latov, Nurbek
DOI: 10.5281/zenodo.20759246 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Samarqand qog‘ozining paydo bo‘lish tarixi, uning ishlab chiqarish texnologiyasi, Buyuk Ipak yo‘li orqali keng tarqalishi hamda jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. VIII asrda Talas voqealaridan keyin qog‘oz tayyorlash texnologiyasining Markaziy Osiyoga kirib kelishi va Samarqandda takomillashtirilishi natijasida shahar Sharqning eng yirik qog‘oz ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylangani yoritiladi. Shuningdek, Samarqand qog‘ozining texnologik xususiyatlari, uning ilmiy qo‘lyozmalar, davlat hujjatlari va kitobat san'ati rivojidagi o‘rni hamda bugungi kunda qadimiy an'analarning qayta tiklanish jarayonlari tahlil etiladi.
Samarqand qog‘oziBuyuk Ipak yo‘liTalas jangiqog‘ozsozlikhunarmandchilikKonigilqo‘lyozmalarkitobatMarkaziy Osiyomadaniy meros.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.