Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 86–89-betlar

YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING KOMUNIKATIV KOMPETENSIYA MALAKALARINI OSHIRISHDA SHEVALARNING O‘RNI (TOJIK SHEVASI MISOLIDA)

Jabborova, Nigina

DOI: 10.5281/zenodo.20759283 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy ish yuqori sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiya malakalarini oshirishda shevalarning o‘rni masalasini o‘rganadi. Tojik shevasi misolida tahlil qilinib, shevalar nutqiy, leksik va fonetik boylikni rivojlantirishda samarali vosita sifatida taqdim etiladi. Dialog va monolog mashqlari orqali o‘quvchilar nutqiy faollik va tushunish qobiliyatini oshiradi, didaktik o‘yinlar esa kommunikativ malakalarni mustahkamlaydi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, shevalardan foydalanish o‘quvchilarda tilni aniq, madaniyatli va ijodiy ifodalash imkonini beradi, milliy madaniyatga hurmatni kuchaytiradi. Shu bilan birga, pedagogik metodlar va didaktik o‘yinlar orqali shevalar o‘quvchilarning shaxsiy va ijtimoiy kommunikativ kompetensiyasini bir vaqtda rivojlantiradi. Ishda A.G. Aksenova, E.V. Yakubovskaya va boshqa olimlar tadqiqotlari asos sifatida qo‘llangan. Natijada, shevalar pedagogik jarayonda yuqori sinf o‘quvchilarning nutqiy va madaniy ko‘nikmalarini oshirishda muhim vosita ekanligi tasdiqlanadi.

kommunikativ kompetensiyashevaTojik shevasidialog mashqlarimonologdidaktik o‘yinfonetik malakaleksik boyliknutqiy faollikpedagogik metod.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.