Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 117–119-betlar

O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA MEVA NOMLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Nabiyeva, Rushana, Xamroqulova, Jasmina

DOI: 10.5281/zenodo.20762356 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek tili leksikasida qo‘llanadigan meva nomlari etimologik va leksik-semantik jihatdan tahlil qilinadi. Meva nomlari ho‘l mevalar, quruq mevalar va poliz mevalari nomlari guruhlariga ajratilib, ularning kelib chiqish manbalari aniqlanadi. Tahlillar natijasida o‘zbek tilidagi meva nomlarining asosiy qismi turkiy qatlamga mansubligi, shu bilan birga fors-tojik, arab, rus va boshqa tillardan o‘zlashgan birliklarning ham salmoqli o‘rin tutishi ko‘rsatildi. Shuningdek, globallashuv jarayonlari ta’sirida tilga kirib kelayotgan yangi o‘zlashmalar va “ekzotik meva” tushunchasining lingvistik mohiyati yoritildi. Poliz mevalari nomlarining ko‘pligi o‘zbek xalqining tarixiy xo‘jalik faoliyati va madaniy turmush tarzi bilan bog‘liqligi asoslab berildi.

fitonimmeva nomlarietimologiyao‘zlashma leksikaekzotizmpoliz ekinlari nomlarileksik-semantik guruhetnolingvistika.fitonimmeva nomlari

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.