Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 134–138-betlar
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA KICHIK GURUHLARDA TALIMIY OʻYINLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
Xolboyeva, Gulruxsor, Meyliqulova, Manzura
DOI: 10.5281/zenodo.20770823 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kichik guruhlarida ya’ni 3–4 yoshli bolalarida taʼlimiy oʻyinlarni tashkil etishning ijtimoiy-pedagogik va psixologik asoslari tadqiq etilgan. Ushbu yosh davridagi bolalarning yetakchi faoliyati oʻyin ekanligidan kelib chiqib, taʼlimiy oʻyinlarning bolalar nutqi, tafakkuri, xotirasi va kichik motorikasini ya’ni mayda qoʻl motorikasi rivojlantirishdagi oʻrni yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining „Ilk qadam“ davlat oʻquv dasturi talablari asosida taʼlimiy oʻyinlarni mashgʻulotlar jarayoniga integratsiya qilishning samarali metod va usullari tahlil qilingan. Maqola yakunida kichik guruh tarbiyachilari uchun taʼlimiy oʻyinlarning didaktik maqsadga yoʻnaltirilganligini taʼminlash boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maktabgacha taʼlimkichik guruh„Ilk qadam“ dasturitaʼlimiy oʻyinlardidaktik oʻyinnutq oʻstirishsensor rivojlanishnozik motorikabolalar psixologiyasiintellektual salohiyat
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.