Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 98–100-betlar
OPERATSIYADAN KEYINGI KO‘NGIL AYNISHI VA QUSISHNING XAVF OMILLARI
Ismoilova, Nafisa
DOI: 10.5281/zenodo.20793870 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusish jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng yuqori uchrash chastotasi bilan kuzatiladigan asoratlardan biri bo‘lib, reanimatologiya va anesteziologiya amaliyotida dolzarb klinik muammo hisoblanadi. Ushbu holat bemorning umumiy somatik va psixoemotsional holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, operatsiyadan keyingi davrni og‘irlashtiradi hamda reabilitatsiya jarayonini sekinlashtiradi. Mazkur asoratning klinik ahamiyati faqatgina bemorda noqulaylik keltirib chiqarishi bilan cheklanmaydi, balki aspiratsion pnevmoniya rivojlanishi, qayta qusish fonida nafas yo‘llarining obstruksiyasi, suvsizlanish, elektrolit muvozanatining buzilishi va metabolik disbalans kabi og‘ir holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.