Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 101–103-betlar

GIPOGLIKEMIK KOMADA ONG BUZILISHINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Nasriddinov, Salohiddin

DOI: 10.5281/zenodo.20793873 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Gipoglikemik koma reanimatologiya va anesteziologiya amaliyotida o‘ta shoshilinch, hayot uchun xavfli holat bo‘lib, markaziy asab tizimining energiya ta’minoti keskin buzilishi bilan kechadi. Miya to‘qimasida glyukozaning asosiy energetik substrat sifatida zaxira shaklda saqlanmasligi gipoglikemiyani qisqa muddatda ham neyronlar funksional yetishmovchiligi va ong buzilishiga olib keluvchi patologik holatga aylantiradi. Klinik amaliyotda gipoglikemik koma ko‘pincha insulinoterapiya, peroral gipoglikemik preparatlar, jigar yetishmovchiligi, sepsis hamda endogen giperinsulinizm bilan bog‘liq holatlarda uchraydi. Ushbu holatning dolzarbligi uning tez rivojlanishi, erta bosqichlarda klinik belgilarining noaniqligi hamda anesteziya va sedatsiya fonida niqoblanib qolish ehtimoli yuqoriligi bilan belgilanadi. Gipoglikemiya sharoitida ong buzilishi bosqichma-bosqich rivojlanib, avval kortikal disfunksiya, so‘ngra subkortikal tuzilmalar va retikulyar formatsiya zararlanishi hisobiga sopor va koma holatiga o‘tadi. Uzoq davom etgan glyukoza tanqisligi qaytmas neyronal shikastlanish va og‘ir nevrologik asoratlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli gipoglikemik komada ong buzilishining rivojlanish mexanizmlarini chuqur o‘rganish, erta diagnostika va intensiv terapiya yondashuvlarini takomillashtirish reanimatologiya va anesteziologiya amaliyotida muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.