Наука и инновации 4-jild vation-son (2026) · 53–55-betlar
O‘TKIR KORONAR SINDROM BILAN SHIFOXONAGA YOTQIZILGAN BEMORLARDA YURAK-QON TOMIR XAVF OMILLARINING TARQALISHI
Raxmonberdiyev, Ulugʻbek
DOI: 10.5281/zenodo.20917935 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
O‘tkir koronar sindrom yurak-qon tomir kasalliklari orasida o‘lim, nogironlik va mehnat qobiliyatining yo‘qolishiga olib keluvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Kasallikning rivojlanishida koronar arteriyalarning aterosklerotik zararlanishi, aterosklerotik pilakchalarning destabilizatsiyasi va tromb hosil bo‘lishi yetakchi patogenetik omillar sanaladi. Bunda arterial gipertenziya, qandli diabet, dislipidemiya, semizlik, chekish, gipodinamiya hamda irsiy moyillik kabi yurak-qon tomir xavf omillari muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda xavf omillarining aholi orasida keng tarqalishi o‘tkir koronar sindrom bilan kasallanish ko‘rsatkichlarining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.